O‘zbekiston olimpiyachilari tantanali kutib olinishi munosabati bilan Uzbekistan Airways reysi boshqa terminalga ko‘chiriladi

Фото: Uzbekistan Airways

Bugun, 2024-yil 12-avgust kuni Toshkent aeroportida Toshkent-Urganch yo‘nalishi bo‘yicha HY057 reysini ro‘yxatdan o‘tkazish va jo‘natish joyi o‘zgartirildi.

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining mahalliy aviakompaniyalar terminalida bo‘lib o‘tadigan tantanali yig‘ilishi munosabati bilan ushbu reysni ro‘yxatdan o‘tkazish va jo‘natish Toshkent aeroportining xalqaro terminaliga ko‘chirildi.

Eslatib o‘tamiz, Parij Olimpiadasida O‘zbekiston sportchilari 13 ta medal: 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Olimpiadachilarni olib uchayotgan  samolyot soat 19:00da Toshkent aeroportiga qo‘nadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.