О‘zbekiston ovchilik xo‘jaliklari va zargarlar uchun soliq preferensiyalarini joriy etmoqda: yangi qoidalar
Kuz boshlanishi bilan О‘zbekistonda iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarini rag‘batlantirish va soliqqa tortish tizimini takomillashtirishga qaratilgan soliqqa tortish va tovarlarni markirovka qilish bo‘yicha bir nechta yangi qoidalar kuchga kirdi.
Ovchilik xo‘daliklari soliq imtiyozlariga ega bo‘ladi, xususan:
yovvoyi hayvonlarni ko‘paytirish joylarini, kichik safari parklar, ov turizmini tashkil qilgan ovchilik xo‘jaliklari 3 yil davomida
-mol-mulk va yer soliqlarini belgilangan stavkaga nisbatan 50 %ga kamaytirilgan stavkada,
-AOSni 1 % stavkada to‘laydi.
Ushbu choralar О‘zbekistonda ovchilik turizmini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan.
Zargarlar soliq imtiyozlariga ega bo‘ladi
1-sentyabrdan boshlab “Hunarmand” uyushmasi a’zolari uchun belgilangan soliq imtiyozlari “О‘zbekzargarsanoati” uyushmasiga a’zo bo‘lgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga ham tatbiq etiladi;
“О‘zbekzargarsanoati” uyushmasiga a’zo bo‘lgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarishda foydalaniladigan ko‘chmas mulk obyektlari hamda yer uchastkalari mol-mulk solig‘i va yer solig‘idan ozod etiladi.
Bu zargarlik sanoatini rivojlantirishni va an’anaviy hunarmandchilikni qo‘llab-quvvatlashni rag‘batlantirish imkonini beradi.
Tovarlarni markirovka qilishning yangi qoidalari
1-sentyabrdan boshlab tovarlarni raqamli markirovka qilish bilan ishlovchi tadbirkorlar uchun yangi qoidalar joriy etildi:
– 2D-skanerlar qo‘llanilmagan raqamli belgilar qo‘yilgan mahsulotlar savdosi aniqlangan taqdirda, tadbirkorga uning shaxsiy kabineti orqali ogohlantirish yuboriladi.
– Agar tadbirkor ikkita ogohlantirishni e’tiborsiz qoldirib, markirovka qilish qoidalarini buzishda davom etsa, u soliq tekshiruviga duch keladi.
– Tekshiruvdan so‘ng takroran qoidabuzarlik yuzaga kelsa, soliq idorasi ushbu korxonaga ogohlantirmasdan keladi.
Ushbu chora-tadbirlar tovar aylanmasi ustidan nazoratni kuchaytirish va kontrafakt mahsulotlargaga qarshi kurashishga qaratilgan.
Spirtli ichimliklar nazorat ostida
1-sentyabrdan boshlab ishlab chiqaruvchilarning oziq-ovqat va texnik etil spirtini xarid qilish qoidalari kuchaytirildi.
– Spirtli ichimliklarni maqsadsiz foydalanish holatlari aniqlangan taqdirda, soliq organlari o‘tgan 12 oy davomida birja auksionlarida sotib olingan spirtli ichimliklar uchun undirilgan aksiz solig‘ining 2,5 baravari miqdorida moliyaviy sanksiyalarni qo‘llaydi.
Sharhlar