O‘zbekiston Prezidenti COP-29dagi Milliy pavilyonga tashrif buyurdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Boku shahrida bo‘lib o‘tayotgan COP29 sammitidagi O‘zbekiston Milliy pavilyoni bilan tanishdi. Pavilyon mamlakatning ekologiya va iqlim masalalariga barqaror yondashuvlarini, shuningdek, boy madaniy merosini namoyish etadi.

“Ichki barqarorlik” deb nomlangan pavilyon an’anaviy o‘zbek hovlisi konsepsiyasida barpo etilgan bo‘lib, somon, suvog‘, yog‘och kabi ekologik materiallardan foydalanilgan. Pavilyonda Orolbo‘yi muammolari, “yashil” iqtisodiyot, qayta tiklanuvchi energiya va suvni tejash kabi mavzularda 20 dan ortiq tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.