O‘zbekiston Prezidenti Gretsiya Bosh vaziri bilan uchrashdi
Boku shahridagi COP29 sammiti doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev Gretsiya Bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbatda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, siyosiy va savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Tovar ayirboshlash hajmini oshirish, farmatsevtika, elektrotexnika va qishloq xo‘jaligida qo‘shma loyihalar yaratish zarurligi qayd etildi. Madaniy-gumanitar va turizm sohalaridagi almashinuvlarni rivojlantirishga ham e’tibor qaratildi.
Kelgusi yilda siyosiy maslahatlashuvlarni Afina shahrida, iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishini esa Toshkentda o‘tkazishga kelishib olindi.
Ulashish:
Sharhlar