O‘zbekiston prezidenti OIIB boshqaruvchilar uchrashuvining ochilishida qatnashdi
Prezident Shavkat Mirziyoуev 25-sentyabr kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki Boshqaruvchilar kengashi IX yillik yig‘ilishining ochilish sessiyasida ishtirok etdi.
“Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishi mintaqamizda ilk bor o‘tkazilmoqda. Buning uchun O‘zbekiston tanlangani o‘zaro hurmat va ishonchga asoslangan hamkorligimizning yuksak namunasi, deb hisoblaymiz”, – dedi davlat rahbari.
“Barcha uchun barqaror infratuzilma yaratish” sammitning asosiy mavzusi bo‘ldi. Kun tartibidan global iqtisodiyot va moliya sohalaridagi dolzarb masalalar, Osiyo va dunyoning boshqa mintaqalarida infratuzilmani rivojlantirishning strategik dasturlari va rejalarini muhokama qilish o‘rin oldi.
Sharhlar