O‘zbekiston Prezidenti Rossiya Bosh prokurorini qabul qildi

Foto: prezident.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-noyabr kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi Bosh prokurori Igor Krasnovni qabul qildi.

Ikki tomonlama keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Terrorizm, ekstremizm, kiberjinoyatlar, korrupsiya va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish sohalarida, jinoiy aktivlarni qaytarish, sun’iy intellektni joriy etish va raqamlashtirish borasida bosh prokuraturalar o‘rtasidagi hamkorlikning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Mamlakatlar prokuratura idoralari o‘rtasida yaqin muloqotni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro aloqa va almashinuvlarni kengaytirish, qo‘shma tadbirlar o‘tkazish zarurligi ta’kidlandi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.