O‘zbekiston prezidenti Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasini qabul qildi

Фото: president.uz

Prezident Shavkat Mirziyoуev 18-sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining o‘rinbosari Vitaliy Savelev, Rossiya рrezidenti maslahatchisi Igor Levitin va “Rossiyskie jelezniye dorogi” kompaniyasi boshqaruvi raisi Oleg Belozyorovdan iborat delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv davomida joriy yilning 26-28 may kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Mintaqada samarali transport yo‘laklarini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar ko‘rishga alohida e’tibor qaratildi.

Transport sohasida sanoat kooperatsiyasi loyihalarini jadallashtirish, avtomobil, temir yo‘l va aviatsiya yo‘nalishlarida sheriklikni yanada kengaytirish, yuqori malakali muhandis kadrlar tayyorlash muhimligi qayd etildi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.