О‘zbekiston Senati To‘lanadigan ta’tillar to‘g‘risidagi konvensiyani ratifikatsiya qildi
О‘zbekiston Senati Xalqaro mehnat tashkilotining “To‘lanadigan ta’tillar to‘g‘risida”gi 132-sonli mehnatkashlarning dam olish huquqlarini himoya qilishni kafolatlovchi konvensiyasini ratifikatsiya qildi.
Qabul qilingan hujjat mehnat munosabatlarida xodimlarning huquqlarini, jumladan, haq to‘lanadigan ta’tildan foydalanish huquqini himoya qilish chora-tadbirlarini kuchaytiradi. Konventsiya, shuningdek, har bir ish yili uchun barcha sohalardagi ishchilarga ularning lavozimi va o‘rtacha ish haqini saqlab qolgan holda dam olish va mehnat qobiliyatini tiklash imkoniyatini beradi.
Qonun Senatning beshinchi-to‘qqizinchi yalpi majlisida ko‘rib chiqildi. Bugungi kunga qadar konventsiya 38 davlat tomonidan ratifikatsiya qilingan. Mazkur hujjatning qabul qilinishi О‘zbekistonning xalqaro va mintaqaviy tashkilotlardagi nufuzini oshirishga, xalqaro reyting va indekslardagi mavqeini oshirishga xizmat qilmoqda. Bundan tashqari, konventsiya barcha sohalardagi ishchilar uchun xalqaro standartlarni joriy etishni kafolatlaydi.
Sharhlar