О‘zbekiston sudlari yo‘llarda odamlarning o‘limida aybdor bo‘lgan haydovchilarning hukmlarini yumshatmoqda
О‘zbekiston “Ezgulik” inson huquqlari jamiyati so‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokama va shikoyatlarga sabab bo‘layotgan halokatli yo‘l-transport hodisalari bo‘yicha Oliy sudning statistika ma’lumotlarini e’lon qilishga qaror qildi.
Jinoyat kodeksining “Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish” 266-moddasi 2-qismi (bir shaxsning o‘limi) va 3-qismi (ikki yoki undan ortiq shaxsning o‘limi) bo‘yicha 2021-2023 yillarda Oliy sud raisining o‘rinbosari Ikrom Muslimov tomonidan imzolangan sud statistika ma’lumotlariga ko‘ra, faqat 2023 yilning o‘zida 546 ta holatda (32%) 1682 kishiga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Vaziyatning diqqatga sazovor tomoni shundaki, О‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi “Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish”ga asosan “muayyan huquqlardan mahrum qilish bilan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolash, 3-qismi bo‘yicha “muayyan huquqlardan mahrum qilib, o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish” bilan jazolash va sanksiyalar aniq ko‘rsatilgan bo‘lib, ular ozodlikni cheklash yoki boshqa yengil jazoni o‘z ichiga olmaydi”.
“Ushbu statistika ma’lumotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, «adolatli» sudlarimiz О‘zbekiston yo‘llarida odamlarning o‘limiga sababchi bo‘layotgan jinoyatchilarga nisbatan yengilroq jazolarni tayinlamoqda”, – deydi «Ezgulik» jamiyati.
Sharhlar