O‘zbekiston suzish federatsiyasining sobiq bosh kotibi qarindoshlarini tashkilot mablag‘i hisobidan Turkiyaga dam olishga yuborgan
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Suzish federatsiyasining sobiq bosh kotibi qarindoshlarini tashkilot mablag‘i hisobidan Turkiyaga dam olishga yuborgan.
Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston suzish federatsiyasi mansabdor shaxslari suzishni rivojlantirish uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan terma jamoa a’zosi bo‘lmagan 15 kishini Turkiyaga dam olishga yuborgan. Bunga 405 million so‘m sarflangan.
Bundan tashqari, mas’ul shaxslar soxta buyruqlar asosida amalda o‘tkazilmagan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari uchun 458 million so‘mni o‘zlashtirib olganlar. Xalqaro musobaqalar va mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun homiylar tomonidan ajratilgan 1,2 milliard so‘m talon-toroj qilingan va maqsadsiz sarflangan. Hozirda nazorat tadbirlari davom etmoqda.
Sharhlar