O‘zbekiston talabalari xorijda tahsil olayotgan davlatlar reytingida 3-o’rinda

Foto: Balticcouncil

YUNЕSKO statistika instituti ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning 1-yanvar holatiga dunyo bo‘yicha xorijda tahsil olayotgan talabalar soni 6859,4 ming nafarga yetdi.

Xorijiy davlatlarda tahsil olayotgan talabalar soni dunyo bo‘yicha bir yil ichida qariyb 419 ming nafarga ortdi.

Xorijda tahsil olayotgan talabalar soni bo‘yicha TOP 10 ta davlat:

— Xitoy – 1052,3 ming nafar

— Xindiston – 621,6 ming nafar

— O‘zbekiston – 150,5 ming nafar

— Vetnam – 134,1 ming nafar

— Germaniya – 126,2 ming nafar

— AQSH – 115,0 ming nafar

— Fransiya – 113,5 ming nafar

— Suriya Arab Respublikasi – 105,0 ming nafar

— Nepal – 95,1 ming nafar

— Pokiston – 90,6 ming nafar

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.