О‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Germaniyaning yangi elchisi bilan uchrashdi
Bugun, 23-iyul kuni О‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Germaniyaning О‘zbekistondagi yangi favqulodda va muxtor elchisi Manfred Xuterer bilan uchrashdi va uning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.
Uchrashuvda О‘zbekiston-Germaniya hamkorligini kengaytirish, hududlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sheriklik aloqalarini mustahkamlash, yangi iqtisodiy aloqalarni yaratish va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.
О‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi elchi va uning jamoasini ikki tomonlama munosabatlarning yuksak salohiyatiga erishish yo‘lidagi sa’y-harakatlarida qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
Ulashish:
Sharhlar