O‘zbekiston terma jamoasi dzyudo bo‘yicha o‘tish turnirida qatnashadi
Parij Olimpiadasida dzyudo bo‘yicha musobaqalarning aralash jamoaviy turi bo‘yicha 1/4 final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda o‘zbekistonliklar Italiya bilan bellashdi.
Bellashuvni O‘zbekiston terma jamoasi g‘alaba bilan boshladi. Murodjon Yo‘ldoshev (-73 kg) Manuel Lombardoni qo‘shimcha daqiqalarda mag‘lubiyatga uchratdi.
Ikkinchi bo‘lib tatamiga chiqqan Gulnoza Matniyazova Savita Russodan ustun keldi va oradagi farqni kattalashtirdi.
Uchinchi bahsda Davlat Bobonov Kristian Parlatiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi: 2:1.
4-bo‘lib tatamiga chiqqan, Irisxon Qurbonboyeva hamda 5-bo‘lib chiqqan Alisher Yusupov mag‘lubiyatga uchradi va Italiya oldinga chiqib oldi.
Hal qiluvchi bahsda Shukurjon Aminova qiyin kechgan uchrashuvning qo‘shimcha daqiqalarida mag‘lubiyatga uchradi. Shunday qilib yakuniy hisob — 4:2, Italiya yarim finalga yo‘l oldi.
Endi o‘zbekistonliklar bronza uchun o‘tish turnirida qatnashadi. Unda Janubiy Koreya raqiblik qiladi.
Sharhlar