О‘zbekiston terma jamoasi ilk bor xokkey bo‘yicha Jahon chempionatida qatnashadi

Фото: Открытые источники

2025-yil aprel oyida О‘zbekiston terma jamoasi ilk bor xokkey bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etadi. Bu haqda О‘zbekiston xokkey federatsiyasining matbuot xizmati xabar beradi.

Xokkeychilar 2025-yilning 13-aprelidan 19-apreliga qadar Armanistonda bo‘lib o‘tadigan IV divizionda qatnashadi. О‘zbekiston terma jamoasi guruhidan Armaniston, Eron, Quvayt, Malayziya va Indoneziya terma jamoalari ham joy oladi.

Bundan tashqari, О‘zbekiston U18 yoshlar terma jamoasi III divizionda ham o‘ynab debyut qiladi. Musobaqa 2025-yilning 28-fevralidan 6 martiga qadar Bangkokda bo‘lib o‘tadi. U18 terma jamoasi Bosniya va Gersegovina, Turkmaniston, Tailand, JAR va Lyuksemburglik raqiblari bilan kuch sinashadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.