О‘zbekiston terma jamoasining yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaуev Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi sifatida tan olindi

Фото: news.sportbox.ru

О‘zbekiston milliy terma jamoasi va Moskvaning SSKA klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaуev o‘tgan mavsumda Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi unvoniga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Osiyo futbol konfederatsiyasi xabar beradi.

Unga ushbu nufuzli mukofot bugun Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan AFC Awards 2023 marosimida topshirildi. Fayzullaev eng yaxshi nom uchun kurashda yaponiyalik Gaka Navata (“Kamimura Gakuen” klubi) va koreyalik Be Jun Xoni (“Stok Siti”) ortda qoldirdi.

Abbosbek Fayzullaуev 2023-yilning avgustida SSKA klubiga o‘tgan edi. Joriy mavsumda u klub safida barcha turnirlarda 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchi О‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 21 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urgan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.