O’zbekiston tibbiyoti o’smoqda: Respublikaga 74,7 ming nafar chet elliklar davolanishga kelgan

Foto: Kun.uz

Statistika agentligining ma’lumotlariga ko’ra, 2024-yilning yanvar-avgust oylarida jami 74,7 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 34 ming nafarga yoki 83,6 % ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekistonga davolanish maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar boʻyicha quyidagicha:

Tojikiston — 57 380 nafar;

Qozogʻiston — 8 542 nafar;

Qirgʻiz Respublikasi — 6 704 nafar;

Rossiya — 1 299 nafar;

Turkmaniston — 672 nafar;

Turkiya — 27 nafar;

Afgʻoniston — 20 nafar;

boshqa davlatlar — 84 nafar.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.