О‘zbekiston Tojikiston va Qozog‘iston bilan chegaralarni kesib o‘tish jarayonini soddalashtirmoqchi
Prezident Shavkat Mirziyoev 20-noyabr kuni hukumatning kelgusi besh yildagi ustuvor yo‘nalishlari haqida gapirar ekan, О‘zbekiston Tojikiston va Qozog‘iston bilan ID-karta orqali chegaradan o‘tish tartibini joriy etish niyatida ekanini bildirdi.
Shu maqsadda prezident Tashqi siyosat kontseptsiyasining yangi tahririni qabul qilish zarurligini ta’kidladi.
“2025-yilda mamlakatda Markaziy Osiyo beshligi (О‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston) yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi, bu esa ushbu yo‘ldagi yana bir muhim amaliy qadam bo‘ladi”, — dedi u.
Qayd etamiz, joriy yilning 1-sentyabridan О‘zbekiston fuqarolari ID-karta (xorijiy pasport o‘rniga) yordamida Qirg‘izistonga bemalol tashrif buyurishi mumkin.
Sharhlar