O’zbekiston 5 oyda 722,1 ming tonna meva va sabzavotlarni eksport qildi
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 420,1 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 722,1 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.
Bu ko‘rsatgich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 10,4 % ga yoki 68,3 ming tonnaga ko‘paygan.
Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (32,7 %), Pokiston (19,7 %), Qozog‘iston (15,3 %) va Xitoy (7,8 %) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
2024-yilning yanvar-may oylarida meva-sabzavotlar eksporti ulushi jami eksportning 3,9 % ini tashkil etgan.
Ulashish:
Sharhlar