O’zbekiston toshqinlardan jabr ko’rgan Qirg’iziston aholisiga insonparvarlik yordamini yubordi
O’zbekiston kuchli sel-suv toshqinlaridan jabr ko’rgan Qirg’iziston xalqiga insonparvarlik yordami yubordi.
Shu munosabat Botken viloyatidagi Qizil-Qiya chegara nazorat o’tish punktida O’zbekiston favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o’rinbosari Sanjar Zuparov, mamlakat bosh konsuli Zafarbek Axmedov va Qirg’iziston rasmiylari ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo’lib o’tdi.
Insonparvarlik yordami hodisadan eng ko’p zarar ko’rgan Nookat tumani hokimligiga topshirildi.
Qirg’iziston tomoni insonparvarlik yordami uchun minnatdorlik bildirdi.
Joriy yilning 28-iyun kuni O’sh va Botken viloyatlarida kuchli yomg’ir yog’ishi sababli, sel-suv toshqinlari yuzaga keldi. Ushbu tabiiy ofat natijasida 10 dan ortiq odamlar, jumladan yosh bolalar vafot etdi hamda ko’plab aholi punktlari zarar ko’rdi, 1300 dan ortiq aholi esa doimiy yashash joyidan ko’chirildi.
Sharhlar