O’zbekiston va Belarus birgalikda charm va mo’yna sanoati uchun kadrlar tayyorlaydi
“O’zcharmsanoat” kompaniyasi va Belarusning Vitebsk davlat texnologik universiteti O’zbekistonning charm-poyabzal va mo’yna tarmoqlari uchun mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash sohasida hamkorlik memorandumini imzoladilar.
Tomonlar uchrashuvi davomida qo’shma ta’lim dasturlari asosida malakali kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo’yicha hamkorlikni kengaytirish masalasi muhokama qilindi.
Ma’lumot uchun, Vitebsk davlat texnologiya universitetida hozirda 20 ta bakalavriat va 8 ta magistratura yo’nalishlari bo’yicha 43 ming talaba tahsil olmoqda. 300 nafar o’qituvchi va professor ularga kasb-hunar o’rgatadi.
Ulashish:
Sharhlar