О‘zbekiston va Dog‘iston turizm sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi
Dog‘iston va Buxoro viloyati o‘rtasida turizm sohasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Imzolash marosimi Dog‘iston bosh vaziri Abdulmuslim Abdulmuslimov va О‘zbekistonning Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov o‘rtasidagi uchrashuv doirasida bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar bir-biriga turizm sohasida aloqalar o‘rnatish, xususan, turizm sohasida qonun hujjatlari va me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda tajriba almashish, ushbu sohada qo‘shma tadbirlar o‘tkazish va hamkorlikning boshqa shakllarida yordam beradi.
Memorandumni Buxoro viloyati turizm boshqarmasining boshlig‘i Suxrob Bobokalonov va Dog‘iston Respublikasi turizm vaziri Emin Merdanov imzoladi.
Ulashish:
Sharhlar