О‘zbekiston va Janubiy Koreya aviatsiya delegatsiyalari o‘rtasida kelishuvlarga erishdi
О‘zbekiston Janubiy Koreya bilan memorandum imzoladi va aviatsiya delegatsiyalari o‘rtasida qator kelishuvlarga erishdi, deya xabar beradi Transport vazirligi.
Uchrashuv Seulda bo‘lib o‘tdi, unda ikki davlat delegatsiyalari har bir aviakompaniya uchun rejalashtirilgan reyslarni haftasiga 10 tadan 24 tagacha oshirishni muhokama qildi.
Bundan tashqari, muzokaralar davomida tomonlar “Ochiq osmon” maxsus rejimidan ikki tomonlama foydalanishga kelishib oldilar. Bu haqda Janubiy Koreyaning “Cheju” va О‘zbekistonning “Samarqand” xalqaro aeroportlarida ikki tomon aviakompaniyalari uchun e’lon qilinadi.
“Ochiq osmon” rejimi – bu turli mamlakatlar samolyotlari uchun hech qanday cheklovlarsiz bir-biriga erkin parvoz qilish imkoniyatidir.
Sharhlar