O’zbekiston va Kipr Respublikalari Savdo-sanoat palatalari vakillari uchrashdi

Foto: Savdo sanoat palatasi

O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o’rinbosari Dilshod Rasulov Kipr Respublikasi savdo-sanoat palatasi (CCCI) prezidenti Stavros Stavro va Kiprning O’zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Kipros Yorgallis bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida tomonlar O’zbekiston va Kipr o’rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni, xususan, charm-poyabzal, qishloq xo’jaligi, to’qimachilik, vinochilik va uzumchilik sanoati sohalarida kengaytirish, shuningdek, 2007-yilda Palatalar o’rtasida imzolangan o’zaro anglashuv Memorandumini qayta imzolash imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Savdo-sanoat palatasi kiprlik tadbirkorlar bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor bo’lgan O’zbekiston kompaniyalari o’rtasida ishbilarmonlik uchrashuvlari o’tkazish uchun CCCI delegatsiyasini O’zbekistonda qabul qilishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o’zaro tovar ayirboshlashni ko’paytirish maqsadida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o’rtasida kooperatsiya o’rnatish, shuningdek, O’zbekiston va Kipr ishbilarmon doiralari delegatsiyasining o’zaro tashriflarini tashkil etish bo’yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishga kelishib oldilar.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.