О‘zbekiston va OIIB qiymati 4 mlrd dollarlik loyihalardan iborat “yo‘l xaritasi”ni imzoladi

Фото: president.uz

Shavkat Mirziyoуev 25-sentyabr kuni Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishi doirasida ushbu yetakchi xalqaro moliya instituti prezidenti Szin Litsyunni qabul qildi.

О‘zbekiston Prezidenti OIIB bilan 2030-yilgacha infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha strategik sheriklik dasturini tayyorlashga kirishish tashabbusini ilgari surdi.

“Ustuvor yo‘nalishlar sifatida kambag‘allikni qisqartirish, Yangi Toshkentni barpo etish, davlat-xususiy sheriklik va xususiy sektor loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, ta’lim sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish, suv, transport va energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish kabi sohalar belgilandiMarkaziy Osiyo mintaqasida yirik infratuzilma loyihalarini ilgari surish masalalariga alohida e’tibor qaratildi”, – deyiladi prezident matbuot ixzmatining xabarida.

Uchrashuv yakunida davlatimiz rahbari huzurida umumiy qiymati 4 milliard dollardan ortiq istiqbolli loyihalardan iborat 2026-yilga qadar davrga mo‘ljallangan yangilangan “yo‘l xaritasi” imzolandi..

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.