O’zbekiston va Rossiya madaniyat vazirlari uchrashishdi

Foto: uza.uz

Moskva shahrida Rossiya Federatsiyasi madaniyat vaziri Olga Lyubimova va O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov raisligida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning Madaniyat bo‘yicha qo‘yi qo‘mitasining IV yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda tomonlar madaniyat sohasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qilib, kinematografiya bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratdi. Uchrashuvda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiluvchi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, tajriba almashish va madaniy tadbirlarni tashkil qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga, yangi madaniy tashabbuslarni amalga oshirish va hamkorlik ufqlarini kengaytirishga yordam beruvchi kino va san’at sohasida yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash muhimligi qayd etildi.

Tadbir yakunida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning Madaniyat bo‘yicha qo‘yi qo‘mitasi IV yig‘ilishi bayonnomasi imzolandi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.