O‘zbekiston va Rossiya TIVlari telefon orqali muloqot qildi
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqot qildi.
“Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov janoblari bilan telefon orqali muloqot qildik. Mamlakatlarimiz o’rtasida turli darajada bo’lajak tadbirlar jadvali ancha keng. Davlat Rahbarlari oʻrtasida erishilgan barcha kelishuvlarni toʻliq amalga oshirishda har ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari barcha imkoniyatlarini ishga solishadi. Biz, shuningdek, keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarni, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shakllardagi hamkorlikni boyitish masalalarini muhokama qildik”, – deyiladi xabarda.
Ulashish:
Sharhlar