O‘zbekiston va Xitoy hamkorligida yangi loyihalar amalga oshiriladi
Yoshlar ishlari agentligi axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, tashrif davomida delegatsiya a’zolari Lanchjou investitsiya va savdo forumida ishtirok etdi. Unda O‘zbekistondagi mahalla tizimi, “yettilik” faoliyati taqdimot orqali namoyish etildi.
Forum davomida mamlakat delegatsiyasi Butunxitoy sanoat va savdo federatsiyasi Tadbirkor ayollar savdo palatasi ijrochi prezidenti Chjao Sinszu boshchiligidagi xitoylik tadbirkorlar bilan ham uchrashdi.
Chjao Sinszu Xitoy tomoni O‘zbekistondagi biznes muhitiga doimo ishonch bilan qarashini, hamkorlikda yangi loyihalarni boshlashga tayyorligini bildirdi.
Lanchjou investitsiya va savdo xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekiston o‘z paviloni bilan ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston delegatsiyasining XXRga safari davom etadi. Safar davomida yana bir qator soha va yo‘nalishlarda uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Sharhlar