O‘zbekiston yo‘llari toifalarga ajratildi
“Yo‘l xaritasi”ni amalga oshirish doirasida O‘zbekistondagi avtomobil yo‘llari uch toifaga bo‘lindi, deb yozadi Norma.
4-iyul kuni Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonda umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo‘llari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Hujjat bilan mamlakatdagi avtomobil yo‘llarining ro‘yxatlari tasdiqlandi. Endi yo‘llar toifalarga bo‘linadi:
- xalqaro ahamiyatdagi yo‘llar (umumiy uzunligi 3833 km bo‘lgan 11 ta obyekt);
- davlat ahamiyatiga ega yo‘llar (umumiy uzunligi 14 316 km bo‘lgan 240 ta obyekt);
- mahalliy ahamiyatga ega yo‘llar (umumiy uzunligi 24222 km bo‘lgan 1818 ta obyekt).
Ro‘yxatlar 2025-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Shuningdek, Transport vazirligiga bir oy muddatda umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo‘llarida joylashgan ko‘prik inshootlari ro‘yxatini tasdiqlash topshirildi, deyiladi xabarda.
Ulashish:
Sharhlar