O‘zbekistonda 23-oktabr kuni sovuq havo kutilmoqda
23-oktabr kuni O‘zbekistonda havo sovuq bo‘lishi va vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.
Toshkentda kunning birinchi yarmida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan gʻarbga 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-10°, kunduzi 12-14° iliq bo‘ladi.
- Qoraqalpogʻiston va Xorazmda yogʻingarchilik boʻlmaydi. G‘arbdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
- Buxoro va Navoiyda yogʻingarchilik kuzatilmaydi. G‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esayotgan shamol ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.
- Toshkent viloyati, Samarqand, Jizzax va Sirdaryoda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. G‘arbdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.
- Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, faqat Surxondaryo viloyatida kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esayotgan shamol ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 14-19° iliq bo‘ladi.
- Farg‘ona vodiysida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan gʻarbga 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim tumanlarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, baland tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin. G‘arbdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi va kunduzi 6-11° iliq bo‘ladi.
Ulashish:
Sharhlar