O‘zbekistonda 584 mingdan ortiq ishlaydigan pensioner qayd etildi
O‘zbekiston Bandlik vazirligi mamlakatda ishlayotgan pensionerlar soni haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi.
Yagona milliy mehnat tizimi ma’lumotlariga ko‘ra, 584 ming 336 nafar pensioner rasman ish bilan ta’minlangan. Ularning 235 419 nafari (40,3 foizi) erkaklar, 348 917 nafari (59,7 foizi) ayollar.
Ishlayotgan pensionerlarning asosiy qismi, ya’ni qariyb 58 foizi xususiy sektorda, qolgan 42 foizi esa davlat sektorida band.
Ishlaydigan pensionerlari eng ko‘p bo‘lgan hududlarga quyidagilar kiradi:
– Toshkent – 99 075 nafar;
– Toshkent viloyati – 54 758 nafar;
– Samarqand viloyati – 50553 nafar;
– Andijon viloyati – 49 327 nafar;
– Farg‘ona viloyati – 49 059 nafar.
Ulashish:
Sharhlar