O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish 2026-yil o‘tkazilishi rejalashtirlmoqda

Foto: QVSA

O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish 2026-yil 15-iyuldan 21-avgustga qadar o‘tkazilishi rejalashtirlmoqda. Bu bo‘yicha Prezident farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Unga ko‘ra:

  • aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha hududiy komissiyalar tuzilishi;
  • Statistika agentligi aholini roʻyxatga olishni planshet qurilmalari yordamida oʻtkazish uchun 2024–2026-yillarda zarur texnik va dasturiy vositalarni Jahon bankining imtiyozli kredit mablagʻlari hisobidan belgilangan tartibda xarid qilish ishlarini tashkil etishi;
  • Kadastr agentligi 2025-yil 1-iyulga qadar aholi punktlari va koʻchalar nom belgilarini oʻrnatish, xonadon va uylarni toʻliq raqamlash ishlarini yakuniga yetkazilishini taʼminlashi;
  • mahalliy hokimliklar 2025-yil 1-sentyabrga qadar hududlarning maʼmuriy-hududiy birliklari chegaralarining oʻzgarishi, toponomik obyektlarga nom berilishi va ularning nomlari oʻzgarishi boʻyicha tegishli maʼlumotlarni hududiy statistika organlariga oʻz vaqtida taqdim etib borilishini taʼminlashi;
  • Kadastr agentligi 2025-yil 1-noyabrga qadar aholini roʻyxatga olish uchun zarur boʻlgan miqdorda kartografik materiallar (shahar va qishloq aholi punktlarining yangilangan sxematik rejalari va xaritalari) bilan toʻliq taʼminlashi lozimligi belgilab qo‘yilmoqda.
  • Shuningdek, Oliy Majlis palatalariga 2025-yil 1-sentyabrdan 2026-yil 1-sentyabrga qadar respublika boʻylab maʼmuriy-hududiy birliklarning chegaralarini oʻzgartirish, toponomik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish ishlarini vaqtincha toʻxtatib turish tavsiya etilmoqda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.