O‘zbekistonda avtomobil raqamlarining sotuvlari uch baravarga oshdi

Фото: Хазраткулов Бехруз/Anhor.uz

Joriy yilning olti oyi davomida avtoraqam.uzex.uz elektron savdo maydonchasida 426,2 milliard so‘mlik 104,9 ming donadan ortiq avtomobil raqamlari sotilgan.

Bu 138,3 milliard so‘mlik 33,5 mingta raqam sotilgan o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3 baravar ko‘p.

Umumiy savdo hajmining 97 foizi jismoniy shaxslarga, 3 foizi esa yuridik shaxslarga to‘g‘ri kelgan. Sotilgan avtomobil raqamining minimal qiymati 1,7 million so‘mni, maksimal qiymati esa 517,1 million so‘mni tashkil etgan.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.