О‘zbekistonda ayollar muammolarini o‘rganuvchi va hal qiluvchi modul ishga tushiriladi
О‘zbekiston hukumati xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan muhim qaror qabul qildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar beradi.
2024-yil oktyabr oyidan boshlab xotin-qizlar.uz platformasida ayollar duch keladigan muammolarni o‘rganuvchi va tizimli ravishda hal qiladigan modul joriy etiladi. Ushbu modul “mahalla-tuman-viloyat-respublika” darajasidagi dolzarb masalalarni har tomonlama aniqlash va hal etish imkonini beradi.
2024-yil 1-oktyabrga qadar quyidagi asosiy chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan:
-muammolarni o‘rganish moduliga kiritilgan masalalarni mahalla va tuman (shahar) darajasida, zarurat bo‘lganida esa, viloyat yoki respublika miqyosida ham e’tiborga olgan holda hal etish va uning monitoringini ta’minlaydigan mexanizmni joriy etish.
– modul orqali kelib tushgan murojaatlarni to‘liq o‘rganish va hal etishni ta’minlash uchun mas’ul vazirlik va idoralar, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari uchun foydalanuvchi (shaxsiy) hisoblarini yaratish.
2024-yil 1-oktyabrdan boshlab ushbu modul orqali kelib tushgan murojaatlar bilan ishlash ustidan doimiy monitoring boshlanadi, bu esa ushbu muhim yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligi va shaffofligini oshiradi.
Sharhlar