O‘zbekistonda havo haroratining biroz pasayishi kutilmoqda
1-iyuldan 5-iyulgacha O‘zbekiston aholisini nisbatan salqin havo va ehtimoliy yog‘ingarchiliklar kutmoqda.
Hafta boshida o‘tgan hafta oxirida boshlangan harorat pasayishi davom etadi.
1 va 2-iyul kunlari Volga bo‘yidan salqin havoning kirib kelishi harorat fonini 30-33 darajagacha, janubda 35-38 darajagacha pasaytiradi.
Ish haftasi oxirigacha O‘zbekiston hududini salqin havo tark etadi, biroq bu kunlarda kuchli jazirama kutilmaydi. Respublikamizning aksariyat hududlarida havo harorati kunduzi 35-38 daraja atrofida, janubda ayrim joylarda 39-41 darajagacha issiq bo‘ladi.
1—5 iyul kunlari O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchiliklarsiz ob-havo kutiladi, faqat 1-2 iyul kunlari Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin;
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, ba’zi joylarda chang-to‘zon ko‘tarilishi mumkin. 1 iyul kuni respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel hodisalari kuzatilishi ehtimoli bor.
Toshkentda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. 1—2 iyul kunlari kunduzi harorat 30—33°, 3—5 iyul kunlari 35—38° bo‘ladi. Kechasi 18-23 daraja issiq bo‘ladi. 1-iyul kuni sharqdan 3-8 m/s tezlikda esayotgan shamol ba’zi joylarda 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Sharhlar