О‘zbekistonda hududlarning sanoat salohiyati oshiriladi
О‘zbekistonda hududlarning sanoat salohiyatini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘riladi. Bu hadqa Adliya vazirligining matbuot xizmati xabar beradi.
“Hududlarda sanoat salohiyatini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori doirasida tuman va shaharlarda sanoat korxonalari bilan ishlash bo‘yicha “respublika – viloyat – tuman” tamoyili asosida vertikal tizim yo‘lga qo‘yiladi.
Hududlarda sanoat korxonalari bilan manzilli ishlash maqsadida uman va shaharlarda hokimning birinchi o‘rinbosari boshchiligida soliq va statistika organlari, banklar va iqtisodiy infratuzilma korxonalarining rahbarlarini o‘z ichiga oluvchi hududiy shtablar.
Iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari rahbarligida Respublika shtabi hududiy shtablar faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Bundan tashqari, 2024-yil 1-sentyabrdan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari tarkibida 5 ta shtat birligidan iborat Sanoatni rivojlantirish yig‘ma bo‘limlari tashkil etiladi.
Tumanlar (shaharlar) iqtisodiyot va moliya bo‘limlarida sanoatni rivojlantirish bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Sharhlar