О‘zbekistonda “LGBT” targ‘ibotini taqiqlash to‘g‘risida qonun loyihasi tayyorlanmoqda — Alisher Qodirov
“Milliy tiklanish” partiyasining yetakchisi Alisher Qodirov О‘zbekistonda “LGBT” tashviqotini taqiqlashga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqilayotganini ma’lum qildi.
Qodirov X ijtimoiy tarmog‘ida AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning qizi Ivanka Tramp tomonidan chop etilgan postga izoh berdi. Postda u otasining “nomaqbul jinsiy kontent va transgender mafkurasini” o‘rgatadigan maktablarni federal moliyalashtirishni to‘xtatish haqidagi bayonotidan iqtibos keltirdi.
“О‘zbekistonda biz ushbu mavzu bo‘yicha har qanday targ‘ibotni taqiqlovchi qonunni qabul qilish ustida ishlayapmiz”, – dedi Qodirov.
Siyosatchi AQSh va О‘zbekistonda “LGBT” vakillari bilan bog‘liq vaziyat jiddiyligi bo‘yicha farq qilishini va bu, uning fikricha, ijobiy holat ekanini ta’kidladi.
Sharhlar