О‘zbekistonda maktab o‘qituvchilarining paxta terimiga yuborilishi holati tekshirilyapti

Хлопок
Фото: iStock

О‘zbekiston Oliy Majlisi Senati ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarning paxta terimiga majburlangani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi va bu holatlar Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat tamoyillarini amalga oshirish milliy komissiyasi tomonidan nazoratga olingani aytildi.

Avvalroq X ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilaridan biri o‘qituvchilarga (qaysi maktab ekaniga aniqlik kiritilmagan holda) har kuni paxta terimiga ikki kishini topish vazifasi qo‘yilgani haqida xabar bergan edi. Izohlarda odamlar Qashqadaryo va Andijon viloyatlarida o‘qituvchilarning o‘zlari ham mehnatga jalb etilganini qayd etishgan.

“Rost24” nashri Qashqadaryo viloyatidagi mahallalardan birining raisi deb tanishtirgan shaxsning audioyozuvini e’lon qildi. Yozuvda erkak o‘zining “hurmatli qishloqdoshlari”ga “to‘g‘ri tushunib, paxtaga chiqish” talabi bilan murojaat qilib, rad javobini berganlarga bolalar nafaqasi to‘lanishi to‘xtatilishiga shama qilgan.

“Bu holatlar zudlik bilan o‘rganilib, mas’ul shaxslar faoliyatiga huquqiy baho beriladi”, — deyiladi Senat sharhida.

Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirligi majburiy mehnatning har qanday ko‘rinishiga qat’iyan qarshi ekanligini va o‘qituvchilarni paxta terimiga jalb qilishni noqonuniy deb bilishini bildirdi.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.