O‘zbekistonda markazlashtirilgan davlat xaridlari joriy etilishi mumkin
Senatning ellik yettinchi yalpi majlisida “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi qonun ma’qullandi.
Qonunda ikki bosqichli davlat xaridlari, arzon narxlardagi xaridlarning soddalashtirilgan tartibi, markazlashgan davlat xaridlari va asosli kelishuv kabi yangi mexanizmlarni joriy etish nazarda tutilgan.
Qonun davlat xaridlarining barqarorligi tamoyili bilan to‘ldirilib, unda pudratchi organlar qisqa, o‘rta va uzoq muddatli iqtisodiy, atrof-muhit va ijtimoiy ta’sirlarni hisobga olgan holda barqaror davlat xaridlarini amalga oshirishini nazarda tutadi.
“Aniqlanishicha, davlat buyurtmachisi, shu jumladan budjet buyurtmachisi zarur hollarda tender natijalariga ko‘ra eng yaxshi takliflarni tanlab olishi yoki 1 yildan 4 yilgacha muddatga doiraviy bitim tuzishi mumkin”, — deyiladi Senat xabarida.
Tadbirkorlik sub’ektlariga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida elektron do‘konda, shuningdek, auktsionlarda zaxira g‘olibi bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Agar g‘olib shartnoma tuzishdan bosh tortsa, ulardan shartnoma tuzish so‘raladi.
O‘zbekistonda rasmiy avtomashinalarni xarid qilish uchun belgilangan limitga qaramay, amaldorlar qimmatbaho mashinalarni xarid qilishda davom etmoqda. Siyosat tahlilida biz kompaniya avtomobillarini markazlashtirilgan xarid qilishni taklif qildik.
Sharhlar