О‘zbekistonda mehnat muhojirlarining oilalariga bir martalik moliyaviy yordam berish rejalashtirilmoqda

Фото: вики

Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi boquvchisi xorijga ishlashga ketgan oilalarga bir martalik yordam berishni taklif qildi. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi muhokamaga kiritildi.

Taklifga ko‘ra, joriy yilning 1 oktyabridan boshlab tuman va shaharlar hokimlari o‘rinbosarlarining yozma tavsiyalariga asosan quyidagilarga yordam ajratiladi:

– boquvchisi xorijda ishlayotgan va “Yagona ijtimoiy himoya reyestri”da qayd etilgan oilalarga 2 BHM (680 ming so‘m) miqdorida bir martalik moddiy yordam.

– boquvchisi xorijda ishlayotgan yoki “temir”, “ayollar” yoki “yoshlar” daftariga kiritilgan nogironligi bo‘lgan oila a’zolariga dori vositalari, nogironlik aravachalari, eshitish vositalarini, yordamchi vositalar va ortopedik mahsulotlarni xarid qilishda 5 BHM (1,7 million so‘m) miqdorida yordam ko‘rsatish;.

– Pensiya yoshiga yetgan yoki boquvchisi ishga ketayotgan I va II guruh nogironlarining oila a’zolariga kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriy-profilaktika davolash muassasalariga bir martalik bepul yo‘llanma.

Bundan tashqari, tavsiyalar asosida “Yagona ijtimoiy himoya reyestri”da qayd etilgan, daftarlarga kiritilgan fuqarolarning farzandlari, shuningdek, mehnatmigratsiyasiga ketgan fuqarolarning bolalari uchun oromgohlariga bepul yo‘llanmalar taqlim etiladi.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.