О‘zbekistonda Migratsiya agentligi tashkil qilindi
Prezident farmoni bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi faoliyati yakunlandi va Vazirlar Mahkamasi huzurida Migratsiya agentligi tashkil etildi.
Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi Agentlikka o‘tkazilmoqda, uning negizida Migratsiya jamg‘armasi tashkil etiladi.
Agentlik respublika ijro etuvchi hokimiyatning tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiradigan, davlat organlarining ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi va ushbu sohada davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi vakolatli organ hisoblanadi.
2025-yil 1-yanvardan boshlab:
- Agentlikka xususiy bandlik agentliklari faoliyatini tekshirish bilan bog‘liq nazorat faoliyatini amalga oshirishga ruxsat etiladi;
- Agentlik har qanday tekshirish natijalari to‘g‘risidagi, shu jumladan aniqlangan qonunbuzarlik holatlari soni va xususiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Xorijda ish” elektron ilovasiga 5 kun muddatda joylashtirishi shart.
Ulashish:
Sharhlar