О‘zbekistonda musiqa, filmlar va seriallar “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tishi kerak
О‘zbekistonda va xorijda yaratilgan barcha filmlar, teleseriallar, multfilmlar va musiqiy asarlar ommaviy axborot vositalarida namoyish etilishidan avval maxsus “ma’naviy ko‘rikdan” o‘tkaziladi. Bu haqda Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Xasanov ma’lum qildi.
Ekspertning ijobiy xulosasidan so‘ng OAV materiallarini radio, televidenie va boshqa ommaviy axborot vositalarida namoyish etishga ruxsat beriladi.
Ekspertlar guruhi media-mahsulotlarning davlat siyosati, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ma’naviy-axloqiy mezonlarga mos kelishini baholaydi. Insonning shaxsiy fazilatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan axloqsizlik yoki odobsizlikni targ‘ib qiluvchi sahnalar mavjudligiga alohida e’tibor qaratiladi.
Mutaxassislar kontentning yoshlar tarbiyasi va milliy mentalitetga ta’sirini ham baholaydi. Tekshirishdan o‘tmagan media-mahsulotlarni ko‘rsatishga ruxsat berilmaydi.
Sharhlar