О‘zbekistonda tabiblar ustidan nazorat kuchaytirildi
О‘zbekistonda litsenziya yoki tibbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan tabiblarga qarshi kurashish kuchaytirildi, deya xabar beradi Oliy Majlis matbuot xizmati.
“О‘zbekistonning ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunda xalq tabobati sohasida ishlash huquqiga ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan fuqarolarga tashxis qo‘yish va davolash uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi.
Shuningdek, foyda olish maqsadida xalq tabobatining ruxsat etilmagan usullaridan foydalanganlik, shuningdek, ushbu xizmatlarni omma oldida targ‘ib qilganlik uchun ham javobgarlik belgilangan. Senatorlar mazkur yordam ko‘rsatishning tamoyillari, maqsadlari, turlari, shakllari va standartlariga qaratilgan “Aholiga psixologik yordam to‘g‘risida”gi qonunni muhokama qildi.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga ushbu faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilovchi o‘zgartishlar kiritish zarur. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda ko‘rsatilgan faoliyat turlariga qo‘yiladigan talablarni buzganlik uchun jazo nazarda tutilgan, deya qayd etadi senatorlar.
Sharhlar