О‘zbekistonda taksi bozori “soya”dan shaffof biznesga chiqmoqda

Все о такси в Ташкенте
Фото: вики

О‘zbekistonda yaqin vaqtgacha “soya”da bo‘lib kelgan taksi xizmati sohasida transformatsiya yuz bermoqda. Soliq qo‘mitasi iqtisodiyotning ushbu tarmog‘ini legallashtirish bo‘yicha salmoqli natijalarga erishgani  haqida ma’lum qiladi.

Aprel oyida 6 ta taksi agregatori soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya  qilingan edi. Bugungi kunda integratsiyani yakunlagan agregatorlar soni 142 tani tashkil etmoqda.

Yil boshidan 15-avgustgacha agregatorlar orqali 166 mlndan ortiq qatnov uchun 3 trln so‘mlik fiskal chek berildi. 1-mart holatiga  (18,3 mln qatnov) taqqoslaganda qatnovlar soni 9 barobarga ortgan.

Avval norasmiy ishlab kelgan yarim mln nafardan ortiq fuqaro (576,1 ming) yo‘lovchi tashish sohasida o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida rasman ro‘yxatdan o‘tgan. Ulardan 361 ming nafardan ziyodi agregatorlar orqali xizmat ko‘rsatadi, bu mart oyidagi ko‘rsatkichlarga nisbatan 2 barobar ko‘p.

To‘lovlarni fiskallashtirish o‘zini o‘zi band qilgan haydovchilarning daromadlari haqida ma’lumot olish imkonini beradi. Ularning daromadi quyidagicha taqsimlangan:

125,6 ming nafari 1 mln so‘mgacha;

104 ming nafari – 1-5 mln so‘m;

45,3 ming nafari – 5-10 mln so‘m;

78 ming nafari – 10-50 mln so‘m;

7,6 ming nafari – 50-100 mln so‘m.

171 nafar haydovchining daromadi 100 mln so‘mdan oshgan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.