О‘zbekistonda yer qimirlashi sezildi
Favqulodda vaziyatlar vazirligining Respublika Seysmik prognoz monitoringi markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 8-iyul kuni soat 18:04 da Tojikiston hududida zilzila sodir bo‘lgan. Magnitudasi 4. Chuqurligi 10 km.
Zilzila markazidan Toshkentgacha bo‘lgan masofa janubi-g‘arbiy yo‘nalishda 393 km.
О‘zbekiston hududidagi yer silkinishlari kuchi:
Sho‘rchi tumanida: 2-3 ball, 28 km;
Uzun tumanida: 2 ball, 37 km;
Qumqo‘rg‘on tumanida: 2 ball, 49 km;
Oltinsoy tumanida: 2 ball, 53 km.
Ulashish:
Sharhlar