O‘zbekistonda “Yil imomi” aniqlandi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi “Yil imomi – 2024” tanlovi g‘olibini taqdirladi. U Namangan viloyati Xomiddin qori jome masjidi imom-xatibi Muhammad Bobir Nasriddinov bo‘ldi va Haj safariga yo‘llanma oldi.
Tanlovning final bosqichi 13-noyabr kuni bo‘lib o‘tdi va unda mamlakatimizning turli viloyatlaridan saralangan 14 nafar imom-xatib ishtirok etdi. Ishtirokchilar Qur’on, fiqh, islom tarixi va hadis ilmi bo‘yicha o‘z bilimlari bo‘yicha bellashdi.
Sovrinlar quyidagicha taqsimlandi:
- 1-o’rin : Muhammad Bobir Nasriddinov – Haj safari;
- 2-o‘rin : Toshkent shahridan Baxtiyor Sattorov – 16 million so‘m;
- 3-o‘rin : Toshkent viloyatidan Yoqub Buxorboyev – 13 million so‘m.
Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati imom-xatiblari fidoyiliklari uchun maxsus mukofotlar bilan taqdirlandilar.
Ulashish:
Sharhlar