О‘zbekistonda YPX xodimlari qoidabuzarlarni voqea joyida jarimaga tortish huquqidan mahrum qilinadi
О‘zbekistonda Yo‘l-patrul xizmati xodimlari yo‘l harakati qoidalarini buzish holatlarini aniqlaganda fuqarolarga joyida jarima solish huquqidan mahrum bo‘ladi, deya xabar beradi Oliy Majlis Senatining matbuot xizmati.
10-sentyabr kuni Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi yig‘ilishida “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi dastlabki muhokamaga qo‘yildi.
Qonun loyihasida aniqlangan huquqbuzarliklar to‘g‘risida fuqarolarni foto va video qayd etish orqali o‘z vaqtida xabardor qilish bo‘yicha yangi norma joriy etilgan.
Yangi nizomga ko‘ra, yo‘l harakati qoidalari buzilgangi haqidagi ma’lumotlar 48 soat ichida Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga yuborilishi kerak, aks holda haydovchi ma’muriy jazoga tortilmaydi.
Bundan tashqari, tez tibbiy yordam avtomashinalari va yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarining xizmat vazifalarini bajarganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish talabi ham bekor qilinadi.
Shuningdek, skuterlar va yakka tartibdagi avtotransport vositalaridan foydalangan holda sodir etilgan huquqbuzarliklar, shu jumladan skuterlar, mopedlar, velosipedlar va aravachalarni boshqarish, shuningdek, yakka tartibdagi harakatlanuvchi transport vositalari va skuterlar haydovchilari tomonidan yo‘lovchilarni tashish uchun ham ma’muriy javobgarlik belgilandi.
Sharhlar