O‘zbekistondagi 3ta universitet “Times Higher Education” reytingiga kiritildi

O‘zbekistondagi 3 ta oliy ta’lim muassasasi ilk marotaba “Times Higher Education” reytingida yuqori o‘rinlarni egalladi. Jumladan, Toshkent irrigatsiya milliy tadqiqot universiteti dunyo universitetlari orasida 601-o‘rinni qayd etdi hamda kuchli 1000 talikka kirdi.

Shuningdek, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti 1001-o‘rinda, Toshkent xalqaro axborot-texnologiyalari universiteti 1501-o‘rinda qayd etildi .

Forum doirasida mazkur Universitetlar “Times Higher Education” tashkiloti tomonidan taqdirlandi.

Shuningdek, Forumda “Yangi O‘zbekiston” universiteti tez rivojlanib borayotgan ta’lim dargohi sifatida e’tirof etildi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.