O‘zbekistondagi AQSH Elchixonasi yangi viza olish tizimini joriy qilmoqda
O‘zbekistondagi AQSH Elchixonasi 2024-yilning 10-iyun sanasidan e’tiboran, yangi va mukammallashtirilgan viza suhbatini belgilash tizimini ishga tushirishini e’lon qiladi. Yangi xizmat yordamida, viza murojaatchilarining viza bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lish, talab etilgan viza uchun ma’muriy to‘lovni amalga oshirish, viza bo‘yicha suhbat sanasini belgilash hamda yetkazib berish xizmatidan foydalanish imkoniyatlari mavjud bo‘ladi.
Yangi vizaga murojaat etish jarayoni orqali, murojaatchilar har qanday talab etiladigan viza murojaati uchun ma’muriy to‘lovni, suhbat sanasini belgilashdan avval amalga oshiradilar.Viza murojaatchilari viza uchun ma’muriy to‘lovni amalga oshirishlari uchun quyidagi tanlovlarga ega bo‘ladilar:
- “Tenge Bank”ning barcha filiallarida naqd pul orqali (To‘lovlar AQSH Elchixonasida qabul qilinmaydi);
- Veb-saytda AQSH dollarida plastik karta orqali;
- Yangi suhbat tizimi 10-iyundan https://ais.usvisa-info.com/ veb-saytida, 2-iyul va undan keyingi sanalarga barcha noimmigratsion viza suhbatlari sanasini belgilash uchun faoliyat yurita boshlaydi.
Yangi suhbat tizimi orqali, suhbatsiz vizaga murojaat etish talablariga javob beruvchi murojaatchilar, yetkazib berish xizmati yordamida hujjatlarini Konsullik Bo‘limiga topshirishlari hamda hujjatlarini belgilangan tegishli bo‘linmadan qabul qilib olishlari mumkin bo‘ladi.
AQSH Davlat Departamentining avvalgi suhbat tizimidan foydalangan holda iyun oyi uchun suhbat sanasini belgilagan viza murojaatchilari, belgilangan sanada viza suhbatiga kelishlari va viza uchun to‘lovni binoning ichida suhbatdan avval amalga oshirishlari kerak bo‘ladi.
Ushbu jarayondagi yangilanishlar natijasida viza uchun ma’muriy to‘lov miqdori o‘zgarmaydi.
Ushbu yangi tizimning joriy etilishi, viza murojaatchilar uchun doimiy ravishda xizmatlarni yaxshilash uchun qilayotgan sa’y-harakatlarning bir qismidir.
Sharhlar