О‘zbekistondagi kompaniya sanksiyalarni chetlab o‘tib, rossiyalik tadbirkorlarga Dali, Matiss va Renuar suratlarini G‘arbdan olib chiqishga yordam bergani aniqlandi
О‘zbekistonning “Bek Broker” logistika kompaniyasi 2023-2024 yillarda sanksiyalarni chetlab o‘tib, mashhur rassomlarning suratlarini o‘z ichiga olgan ikki yuzdan ortiq san’at asarlarini G‘arb mamlakatlaridan Rossiyaga olib chiqishga yordam berganini “Sistema” loyihasi aniqladi.
Kompaniya mijozlari orasida ishg‘ol qilingan Mariupolda uy-joylar qurayotgan Aleksey Repik va “Soyuz” harbiy zavodining konstruktori Mkrtich Okroyan oilalari bor.
Ushbu sxema urush boshlanganidan so‘ng G‘arb mamlakatlari Rossiyaga hashamat buyumlarini olib kirishga sanksiyalar kiritgani sababli zarur bo‘lgan. Cheklovlar 300 yevrodan ortiq qiymatga ega bo‘lgan san’at asarlari va antikvariatga ham tegishli.
“Bek Broker” logistika kompaniyasining rahbari – Yerimbetov Baxtiyor, kompaniyaning asosiy faoliyat turi – bojxona agentlari xizmatlari.
Sharhlar