O‘zbekistondan Qirg‘izistonga insonparvarlik yordamini jo‘natildi
O‘zbekiston seldan jabr ko‘rgan Qirg‘iziston aholisiga insonparvarlik yordamini jo‘natdi, deb xabar berdi Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati.
Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanidagi “Do‘stlik” chegara bojxona postiga o‘nlab yuk mashinalari keldi.
O‘zbekiston Prezidenti nomidan yordamni Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov yetkazdi.
Abdurahmonov shaxsan Qirg‘izistonning O‘sh viloyatidagi Yangi qishlog‘ining jabrlangan hududlarida bo‘lib, u yerda insonparvarlik yordami yetkazilishida ishtirok etgan va qardosh Qirg‘iziston xalqiga hamdardlik va ta’ziya izhor etgan.
Ulashish:
Sharhlar